O‘zbekiston | 07:56 / 23.01.2024
6827
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchilarga maxsus mashinalar topshirildi

Toshkent shahrida jamoat avtobuslarining harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus xizmat mashinalari biriktirildi, deya xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.

Foto: Toshshahartransxizmat

Mazkur xizmat xodimlari avtobus haydovchilarining belgilangan tartib asosida faoliyat yuritishini nazorat qiladi

Xodimlarga jamoat transporti harakatiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, bartaraf qilish choralarini ko‘rish maqsadida maxsus mayoqchali xizmat avtomashinalari bilan birga nur qaytaruvchi nimcha, favqulodda holatni anglatuvchi belgi hamda jyezl (tayoqcha) topshirildi.

Hozirda 8 ta avtobus saroyi filialida Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tashkil etilgan. Mazkur avtomashinada xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faqatgina avtobuslar harakatini nazorat qilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid