O‘zbekiston | 14:06 / 25.01.2024
11783
1 daqiqa o‘qiladi
«Pasport-viza» tizimida uzilish kuzatilmoqda
Kun.uz manbasiga ko‘ra, tizimning server qurilmasida texnik nosozlik yuzaga kelgan.
Texnik nosozlik tufayli “Pasport-viza” tizimida uzilishlar kuzatilyapti. Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, nosozlik server qurilmasi bilan bog‘liq.
Manbaga ko‘ra, hozirda mutaxassislar tomonidan texnik nosozlikni bartaraf qilish chorasi ko‘rilmoqda. Buning uchun ma’lum vaqt talab etilgani bois davlat xizmatini olishga kelgan fuqarolarga to‘g‘ri tushuntirishlar berish so‘ralmoqda.
Oldinroq noturar obektlar bo‘yicha kadastrlarning onlayn bazasi ma’lum muddat ishlamay qolgandi.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
22:50 / 04.09.2024
AQSh xorijlik talabalarga viza berish jarayonini soddalashtirdi
13:09 / 31.08.2024