Rossiya mintaqalarida Telegram va WhatsApp’ga kirishda muammolar kuzatildi
Yoqutiston vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, eng keng tarqalgan messenjerlarga kirishda muammolar Roskomnadzor tomonidan olib borilgan profilaktika ishlari tufayli yuzaga kelgan.
Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlarida eng keng tarqalgan Telegram, Viber va WhatsApp messenjerlariga kirishda uzilishlar kuzatildi. «Sboy.rf» xizmati 24 yanvar, chorshanbaga o‘tar kechasi ularning ishidagi nosozlik haqida xabar berdi. Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Amur viloyatlari, Primorsk va Xabarovsk o‘lkalari, Yoqutiston va Saxalin, Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa bir qator mintaqalarda messenjerlardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan. Servislar faqat VPN yordamida ochilgan.
Roskomnadzorning profilaktika ishlari
Yoqutiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Andrey Suslovning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar Roskomnadzor bilan kelishilgan profilaktika ishlariga aloqador. «Ayni damda barcha aloqa liniyalari va uyali aloqa operatorlari normal rejimda ishlamoqda. Messenjerlarning ishlamay qolishi Roskomnadzor bilan kelishilgan vaqtinchalik profilaktika ishlariga bog‘liq», - dedi u.
Shu bilan birga, Kamchatka raqamli rivojlanish vazirligi tezkor messenjerlardan foydalana olmaslik sabablari haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytdi. «Kamchatka o‘lkasi hukumati ilovalar ishidagi uzilishlar sabablari haqida hech qanday ma’lumotga ega emas. Uyali aloqa operatorlari bilan muzokaralar olib borildi, kompaniyalar voqea sabablarini bilmasligini ma’lum qildi. Roskomnadzor hududiy boshqarmasi esa bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emas. Bo‘limga rasmiy so‘rov yubordik», — deya bayonotdan iqtibos keltirmoqda «Nastoyashcheye vremya» nashri.
Shunga o‘xshash muammolar Rossiyada bir necha bor kuzatilgan. Xususan, messenjerlar ishidagi nosozliklar Xabarovsk o‘lkasida 2024 yilning 17 yanvarida va 2022 yilning yanvarida qayd etilgan, deb yozadi mustaqil matbuot.
Mavzuga oid
16:52
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
08:10
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42 / 14.11.2024