O‘zbekiston | 11:28 / 29.01.2024
4259
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda noqulay ob-havo tufayli elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelgan

Kuzatilayotgan noqulay ob-havo viloyatning 5 ta hududida elektr tarmoqlari tizimida nosozliklarni keltirib chiqargan.

Navoiy viloyatining ayrim hududlarida elektr energiya ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uzilishlarga noqulay ob-havo sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, nosozliklar asosan Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tumanlarining elektr tarmoqlari tizimida kelib chiqmoqda.

“Elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan vaqtinchalik uzilishlarni bartaraf etish ishlari elektr ta’minotining tezkor chiqish brigadalari hamda aloqador barcha xizmatlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda”, deyiladi filial xabarida.

Mavzuga oid