Germaniya o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda
Nomzodlar til bilish darajasiga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki dual ta’lim orqali ishga jalb etilishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolari bir nechta sohalarda Germaniyada ish faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Bu haqda Kun.uz’ga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik tomonidan o‘zbekistonliklarga xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda Germaniyada bir nechta sohalardagi bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Ushbu davlatda ishlash istagi bo‘lgan nomzodlar quyidagi soha va kasblarda bo‘sh ish o‘rinlari uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
− hamshira;
− yuk mashinasi haydovchisi;
− yuk va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
− mehmonxona;
− restoran;
− turizm;
− hunarmandchilik;
− mexatronika;
− qurilish va boshqa sohalar.
Nomzodlarga ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilinganda 1000 yevrodan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga jalb qilinganda 2000 yevrodan boshlanuvchi maosh taklif etilyapti. Shuningdek, nomzodlar uchun respublika hududlarida nemis tili kurslarini tashkil etish imkoniyati mavjudligi, buning uchun ro‘yxatdan o‘tgan o‘quv markazlari ham hamkorlik qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
18:58 / 14.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga «yashil» iqtisodiyot uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi
14:00 / 14.11.2024
XDI rahbari Mers Germaniya siyosatini tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda
11:47 / 14.11.2024