Abdurashid Jo‘raboyev MTRKning yangi raisi bo‘ldi
U bu lavozimda Alisher Xo‘jayevning o‘rnini egalladi.
Bosh vazir kotibiyati rahbari Abdurashid Jo‘raboyev MTRKning yangi raisi etib tayinlandi. U bu lavozimda Alisher Xo‘jayevning o‘rnini egalladi.
U muqaddam Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, 2019 yil sentabridan prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2023 yil fevralida bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlangandi.
Bundan oldinroq, amalda 2005 yildan buyon (orada 2017 yilda sakkiz oylik tanaffus yuzaga kelgan) MTRKga rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jayev ishdan ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024