Endi qasddan jinoyat sodir etib sudlanganlar o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi
O‘zbekistonda ayrim shaxslarga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishda cheklovlar kiritildi.
O‘zbekistonda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishda cheklovlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonunda belgilab qo‘yildi.
Qonunning 15-moddasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga oid cheklovlar keltirilgan.
Unga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
- qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
- qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
Shuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
Oldinroq ushbu qonun bilan pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to‘lamasligi hamda o‘qituvchilarni obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024