Chilida halokatli o‘rmon yong‘inlari. Qurbonlar soni 100 dan oshgan
Chilida o‘n minglab gektar maydonni o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. 100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan.
Chilida o‘rmon yong‘inlari bir necha o‘n ming gektar maydonni qamrab olgan, olov tarqalishini sekinlashtirishning imkoni bo‘lmayapti, mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilgan. 4 fevral kungi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida 112 kishi halok bo‘lgan, bu mamlakat uchun qurbonlar ko‘pligi bo‘yicha 2010 yildan buyon eng halokatli tabiiy ofat bo‘lmoqda, o‘shanda zilzila oqibatida 500 ga yaqin kishi halok bo‘lgandi. Yilning bu vaqtida Chilida o‘rmon yong‘inlari ro‘y berib turadi, ammo bu safar olov bir millionga yaqin kishi yashovchi Valparaiso viloyatidagi yirik aholi yashash manzillariga xavf solmoqda. «Vaziyat chindan ham o‘ta og‘ir», — degan Chili prezidenti Gabriel Borich maxsus videomurojaatida.
Mavzuga oid
23:36 / 11.10.2024
O‘rmon yong‘inlari Peru ekotizimi va yovvoyi tabiatini yakson qilmoqda
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
23:46 / 18.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
23:33 / 16.09.2024