O‘zbekiston | 08:21 / 06.02.2024
5835
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytga O‘zbekistonning yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida ish boshladi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda

50 yoshli Ayubxon Yunusov Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, «Al-Azhar» universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubaydagi Bosh konsulliklarda ishlagan. Kuvaytga elchi sifatida tayinlanishidan oldin u Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ayubxon Yunusov 2016-2022 yillarda O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahromjon Aloyev o‘rniga tayinlangan.

Oldinroq O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi tayinlangandi.

Mavzuga oid