Jahon | 23:13 / 09.02.2024
8223
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi operatsiyalarni kengaytirishga tayyorlanmoqda

Harbiylar «Hizbulloh» jangchilariga zarar yetkazishda va guruhning harbiy salohiyatini kamaytirishda» davom etishi ta’kidlanmoqda. 

Foto: Reuters

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar ko‘lamini kengaytirishga tayyorlanmoqda, dedi Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) Shimoliy qo‘mondonligi rahbari Ori Gordin. Bu haqda The Times of Israel yozdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning maqsadi «G‘azo sektori shimolidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirish, shunda aholi o‘z uyiga xavfsiz qaytishi mumkin». Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiylar «Hizbulloh» jangchilariga zarar yetkazishda va guruhning harbiy salohiyatini kamaytirishda» davom etadi. 

8 oktyabrdan beri Livanda joylashgan terrorchilik guruhi deyarli har kuni Isroil shimolidagi jamoalarga raketalar va dronlar bilan zarba bermoqda. Oqibatda, 80 mingga yaqin odam mamlakat ichkarisida o‘z uyini tark etgan. 

«Shimol xalqi — harakatlarni davom etish uchun bizga kuch bermoqda, ular shimolda erishgan yutuqlarimizni ta’minlovchi tayanchdir», dedi Gordin.

Mavzuga oid