O‘zbekiston | 13:37 / 09.02.2024
13852
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Hodisaga haydovchilardan birining yonlama holatda oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Ikki kun avval ham xuddi shunday hodisa yuz bergan va o‘shanda ham ikkita avtobus shikastlangan edi

Foto: Videodan kadr

Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 9 fevral kuni ertalab ro‘y bergan.

131-sonli “King Long” avtobusi haydovchisi X.D. transportni Chilonzor metrosi bekatiga to‘xtatayotgan vaqtida, shu bekatda to‘xtab yo‘lovchi tushirayotgan 99-sonli avtobus (Yutong) bilan yonlama oraliq masofani saqlamagan.

Oqibatda 131-avtobusning o‘rta bo‘g‘in qismi oynasi hamda 99-avtobusning chap tomon orqani ko‘rish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegishi sababli yengil shikastlangan.

To‘qnashuvda hech kim tan jarohati olmagan. Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra yo‘l-transport hodisasi 99-sonli avtobus haydovchisi T.B. aybi bilan sodir etilgan.

“Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bundan ikki kun avval 2024 yil 7 fevral kuni Toshkent shahrida ikkita elektrobus yonlama oraliq masofa saqlanmagani oqibatida shikastlangandi.

Mavzuga oid