Toshkentda yo‘l chetiga chiqindi tashlagan YPX xodimi jarimaga tortildi
YPX xodimining qoida buzishi holati o‘sha atrofda bo‘lgan mashinadagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Toshkent shahrida YPX xodimlaridan biri qo‘lidagi chiqindilarni ko‘cha chetiga tashlagan. Uning bu qoidabuzarligi o‘sha atrofda bo‘lgan mashinalardan biriga o‘rnatilgan kuzatuv kemarasiga tushib qolgan.
Hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan YPX xodimi topilgan va unga qonuniy chora ko‘rilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2024 yil 5 fevral kuni kechki payt Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan birida sodir bo‘lgan. YPX xodimi avvaliga qo‘lidagi plastik idishdagi narsani ichgan va uni yerga qo‘ygan. So‘ng uni yo‘l chetidagi beton ariq tomonga tepib yuborgan.
Qayd etilishicha, 2024 yil 8 fevral kuni qoidabuzarga nisbatan, MJtKning 91-1 prim moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan qoidabuzarlik (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llangan.
Unga ko‘ra, YPX xodimiga BHMning uch barobari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida ma’muriy jarima solingan.
Mavzuga oid
07:20 / 20.09.2024
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
15:54 / 19.09.2024
Tinch okeanidagi ulkan chiqindi dog‘i: uni tozalashga 7,5 mlrd dollar ketadi
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
23:46 / 13.09.2024