Jahon | 16:29 / 12.02.2024
14711
5 daqiqa o‘qiladi
Qora dengizdagi navbatchilik va Donbassdagi pozitsiyalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 718-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Ukraina QK 45 ta drondan 40 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan. Tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan — Mikolayiv shahrida va Dnipropetrovsk oblastining Dniprovsk rayonida.
- RF mudofaa vazirligi RF normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalidan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarni safarbarlik davrida xizmatdan bo‘shatish uchun yagona yoshni belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini olib tashladi. Loyihada safarbarlik, harbiy holat yoki urush davrida katta ofitserlar uchun yosh chegarasi 70, qolganlar uchun — 65 yoshni tashkil etishi belgilangandi.
- Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinidagi Ponuri xutori o‘qqa tutilishi oqibatida uch nafar ishchi jabrlangani haqida ma’lum qildi.
- General-leytenant Oleksandr Pavlyuk Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlandi, u bu lavozimda Oleksandr Sirskiy o‘rnini egalladi. Avvalroq Volodimir Zelenskiy Sirskiyni Valeriy Zalujniy o‘rniga Ukraina QK bosh qo‘mondoni etib tayinlagandi.
- Mstislav Chernovning «Mariupolda 20 kun» filmi AQSh rejissyorlari gildiyasi mukofotini qo‘lga kiritdi. Chernovning o‘zi eng yaxshi hujjatli kino rejissyori sifatida taqdirlangan.
Qora dengizdagi Ukraina sohil qo‘riqlash xizmati
Ukraina QKning Donetsk oblastidagi pozitsiyalari
Zaporijjya oblastida insonparvarlik yordami tarqatilishi
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024