Buxoroda muxbirni pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi
Ikki tanish orasida oldindan nizo bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
6 fevral kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida joylashgan kafeda Taftish axborot agentligining Buxorodagi muxbiri pichoqlandi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, buni sodir qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, gumonlanuvchi A.A. va jabrlanuvchi O‘.T. orasida avvaldan nizo bo‘lgan. Shu sababli, A.A. kafeda pichoqni O‘.T. qorin qismiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 fevral kuni unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jabrlanuvchi O‘.T. hozir shifoxonada davolanayotgani ta’kidlanmoqda. Uning ahvoli qandayligi haqida xabarda ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
08:30 / 17.09.2024
Trampga suiqasdda gumonlanayotgan shaxsga ayblov qo‘yildi
09:40 / 16.09.2024