AQSh Rossiyaning koinotdagi tahdidiga javob berish ustida ishlamoqda
AQSh ma’muriyati Rossiya Federatsiyasidan ehtimoliy tahdidlarga javob berish rejasini tayyorlamoqda. «Biz xalqaro inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan narsaning oldini olishimizga ishonch hosil qilishimiz kerak», dedi Vakillar palatasi razvedka qo‘mitasi rahbari.
AQSh ma’muriyati Rossiyadan koinotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidga qarshi choralar ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 18 fevral, yakshanba kuni NBC News telekanalida AQSh Kongressi Vakillar palatasi razvedka qo‘mitasi rahbari Mayk Tyorner ma’lum qildi.
«Biz (AQSh prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi) Jyeyk Sallivan bilan uchrashdik va u rejani ishlab chiqishni boshladi. Umid qilamanki, u bu muammoni hal qilishga qaratilgan», — dedi u Bavariya poytaxtidan video-aloqa orqali. «Biz xalqaro inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan narsalarning oldini olishimizga ishonch hosil qilishimiz kerak».
14 fevral kuni respublikachi Tyorner o‘zi boshqarayotgan qo‘mita Kongress a’zolariga «milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid» haqida ma’lumot berganini va Oq uydan «bu tahdid bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni ochiqlashni» talab qilganini aytdi.
Shundan so‘ng Amerika OAV gap Moskvaning koinotda yadroviy qurollarni sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qo‘llash niyati haqida ketayotgani haqida xabar berdi.
Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi keyinroq Rossiya koinotda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni ishlab chiqayotganini tasdiqlab, AQSh ma’muriyati bu rejalarga juda jiddiy qarashini ta’kidladi. Biroq, uning aytishicha, qurollar hali joylashtirilmagan va xavfsizlikka bevosita tahdid yo‘q.
Mavzuga oid
16:34
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37