Zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalari belgilanishi mumkin
Yangi qonun loyihasida zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, shuningdek o‘zlariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalari (yetim, nazoratsiz, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan bolalar) ko‘zda tutilmoqda.
“Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
Ushbu qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga tarif berilib, zo‘ravonlik shakllariga aniqlik kiritilmoqda. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, shuningdek o‘zlariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalari (yetim, nazoratsiz, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan bolalar) ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:52
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
09:30 / 23.10.2024