Jahon | 12:19 / 20.02.2024
5124
2 daqiqa o‘qiladi

Lipetskda Poroshenkoning qandolat fabrikasi milliylashtirildi

Sud Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenko, uning o‘g‘li Aleksey va Lipetskdagi «Roshen» qandolat fabrikasi sobiq direktori Oleg Kazakovning Rossiyadagi faoliyatini taqiqladi. Ushbu fabrikaning mol-mulki Rossiya Federatsiyasi foydasiga musodara qilingan.

Foto: Oleg Xarseyev / Kommersant’

Lipetsk sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenkoga tegishli Lipetskdagi «Roshen» qandolat fabrikasining aktivlarini Rossiya foydasiga musodara qilishga qaror qildi. Bu haqda 19 fevral, dushanba kuni Lipetsk viloyati sud tizimi qo‘shma matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, sud qarori bilan qandolat fabrikasining ulushlari va benefitsiari Petr Poroshenkoning o‘g‘li Aleksey bo‘lgan, Markaziy Yevropa qandolatchilik kompaniyasiga tegishli bo‘lgan «Roshen» MChJ ustav kapitalidagi 94,9976 foiz aksiyalar, shuningdek, Lipetsk zavodining sobiq bosh direktori Oleg Kazakovga tegishli bo‘lgan «Roshen» MChJ ustav kapitalidagi 5 foiz aksiyalar Rossiya Federatsiyasi daromadiga aylantirilishi kerak. 

Rossiyada faoliyatni taqiqlash 

Bundan tashqari, matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Lipetskning Oktyabr tuman sudi Petr va Aleksey Poroshenko, shuningdek, Oleg Kazakovlarning Rossiyadagi faoliyatini «ekstremistik faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq holda» taqiqlagan. Shunday qilib, sud Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori o‘rinbosarining tegishli talablarini qanoatlantirdi. 

2013 yilda Rospotrebnadzor Roshen qandolat korporatsiyasidan mahsulotlarni Rossiyaga olib kirishni taqiqladi, 2016 yil dekabr oyida Moskvaning Basmanniy sudi Rossiyadan QQSni noqonuniy qaytarish orqali 180 million rubl o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy ish doirasida 14 ta Roshen ko‘chmas mulk obektini musodara qildi. 2017 yil yanvar oyida Poroshenko korporatsiyasi Lipetsk qandolat fabrikasining ishlab chiqarish faoliyatini «iqtisodiy va siyosiy sabablarga ko‘ra» to‘xtatayotganini e’lon qildi.

Mavzuga oid