Turizm qo‘mitasi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi
Prezidentning «Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
hududlarda turizm bozorining turli segmentlariga mo‘ljallangan va hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
milliy hunarmandchilik, ayniqsa suvenir mahsulotlarining raqobatbardoshligi va sifatini, turistlar uchun ular jozibadorligini yanada oshirish, shuningdek hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish;
hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish, xalqaro me’yor va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- 2024 yilda Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2024 yilda xorijiy turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish reja-jadvali;
- Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, shuningdek zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
- Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Arab davlatlari va Rossiya Federatsiyasidan turistlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.
Mavzuga oid
10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024