O‘zbekiston | 14:45 / 21.02.2024
4749
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar Samarqandda faoliyat yurityapti

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvar holatiga jami 44 935 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi – 7 964 ta.

Keyingi o‘rinlardan oilaviy korxonalar soni mos ravishda 5 009 ta va 4 889 tani tashkil etgan Farg‘ona viloyati hamda Xorazm viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Toshkent viloyati – 3 848 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 3 742 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 614 ta;
  • Navoiy viloyati – 3 418 ta;
  • Buxoro viloyati – 3 052 ta;
  • Toshkent shahri – 2 992 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 173 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 512 ta;
  • Andijon viloyati – 1 483 ta;
  • Namangan viloyati – 960 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 279 ta.

Mavzuga oid