Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar yozgacha to‘xtatildi
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadigan Yevropa parlamentiga saylovlar boshlanishidan oldin zarur muzokaralar bazasi yaratilishini kutmoqda.
Ukraina rasmiylari bilan mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar, ehtimol, yozgacha qoldirildi. Bu haqda 21 fevral, chorshanba kuni Bryusselda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. U 6-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa parlamenti saylovlari oldidan muzokaralar uchun zarur asos yaratilishini kutmayotganini ta’kidladi. «Bu biroz vaqt talab etadi», dedi u va «Yevropa Ittifoqi yozning boshida tayyor bo‘lishi mumkin», deb qo‘shimcha qildi.
AFP agentligi iqtibos keltirgan fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasi hozirda Ukraina bilan muzokaralar uchun «boshqaruvchi tamoyillar doirasi» ustida ishlamoqda, keyin esa ular Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlat tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi kerak.
YeI Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi
Dekabr oyi o‘rtalarida Yevropa Ittifoqi sammiti ishtirokchilari Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshladi, biroq bunday muzokaralardagi muvaffaqiyat ushbu mamlakatlardagi islohotlar muvaffaqiyati bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Yevropa davlatlari va YeI hukumatlari rahbarlari Gurjistonga YeI a’zoligiga nomzod davlat maqomini berishga qaror qildi. Ukraina va Moldova prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Mayya Sandu Yevropa kengashi qarorlarini olqishladi.
Ushbu qaror Vengriya tomonidan bloklanishi mumkin edi, uning bosh vaziri Viktor Orban ushbu muzokaralarning boshlanishiga bir necha bor va keskin ravishda qarshi chiqdi. Orbanning aytishicha, Ukrainaga islohotlar kerak, ular haligacha amalga oshirilmagan. Yevropa Ittifoqi doiralaridan olingan xabarlarga ko‘ra, bu qaror Viktor Orban majlislar zalida bo‘lmagan paytda qabul qilingan. Biroq, Yevropa kengashining kvorumiga rioya qilindi. Orbanning o‘zi Facebook’da «yomon qaror» deb atagan narsada ishtirok etishni istamagani uchun ovoz berishda betaraf qolganini aytdi.
Mavzuga oid
12:28
WSJ: Tramp Kiyevga 20 yil davomida NATOga a’zo bo‘lmaslik shartini qo‘yishi mumkin
20:40 / 07.11.2024
Google xaritalardan Ukrainadagi harbiy obektlar tasvirini olib tashladi
09:47 / 07.11.2024
OAV: Ukraina birinchi marta Kaspiy dengizidagi RF kemalarini nishonga oldi
11:29 / 06.11.2024