Toshkent metrosiga yangi poyezdlar olib kelindi
Ular 8-10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘lovchi tashiy boshlashi aytilmoqda.
2024 yil 24 fevral kuni Toshkent metrosiga to‘rt vagonli uchta yangi zamonaviy poyezd keltirilgan. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi poyezdlar yo‘riqnomaga asosan 8−10 kun sinovdan o‘tkaziladi va keyin yo‘lovchilarga xizmat qilishni boshlaydi.
Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida yangi harakat tarkiblari asosan, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi.
Qayd etilishicha, may oyi so‘ngigacha bosqichma-bosqich yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
10:47
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024