Jahon | 23:03 / 26.02.2024
9252
1 daqiqa o‘qiladi

Tamash Shuyok Vengriyaning yangi prezidenti etib saylandi

67 yoshli Shuyok bu lavozimda mojaro ortidan iste’foga chiqqan Katalin Novak o‘rnini egallaydi. 

Foto: AFP

Vengriya parlamenti mamlakat Konstitutsiyaviy sudi raisi Tamash Shuyokni prezident lavozimiga tayinladi. U 5 martdan yangi lavozimda faoliyatini boshlaydi. 

67 yoshli Shuyok hukmron «Fides» va uning koalitsiya bo‘yicha hamkori Xristian-demokratik xalq partiyasidan nomzod edi. U 2014 yilda Konstitutsiyaviy sud a’zosi bo‘ldi. 2016 yilda Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimiga saylandi. 

Vengriyada prezident vakolatlari qonun bilan cheklangan. Ularning bir qismidan faqat hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlansagina foydalanish mumkin. Mamlakatda prezident parlamentdagi yashirish ovoz berish yo‘li orqali 5 yil muddatga saylanadi. 

Avvalroq, Vengriya prezidenti Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni yashirganlikda ayblangan shaxsning avf etilishi bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqqan edi. U 2022 yil mart oyida prezidentlik faoliyatini boshlagan va Vengriya tarixidagi birinchi prezident ayol bo‘lgan edi.

Mavzuga oid