Buxorolik 15 yoshli bola onasining ustidan bolalar ombudsmaniga murojaat qildi
Aytilishicha, onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan bo‘lib, shu sababli bola 2023 yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog‘ida yashab kelgan. U singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. (o‘g‘il bola)dan murojaat kelgan.
Aytilishicha, M.M.ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan bo‘lib, shu sababli bola 2023 yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog‘ida yashab kelgan. Shuningdek, M.M. uning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilinganligini bildirib, singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida amaliy yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oila ijtimoiy vaziyati o‘rganilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M. va singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilandi.
Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘rilishi aytilgan.
Mavzuga oid
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024