O‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchiga sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va o‘qituvchining dars paytida o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklagani tasvirlangan videoga Bolalar ombudsmani tomonidan munosabat bildirildi.
Xorazm viloyatida 1-sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan kaltaklangani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi 36-son maktabning boshlang‘ich ta’lim «Mehnat» fani o‘qituvchisi M.A. 23 fevral kuni 1-A sinf o‘quvchilarini, jumladan, 2016 yilda tug‘ilgan qiz bola va 2 nafar o‘g‘il bolani dars paytida nazorat ishini to‘g‘ri bajarmaganligi uchun kaltaklagan.
26 fevralda o‘qituvchining bunday noqonuniy harakatlari yuzasidan Xonqa tumani IIB tergovga qadar tekshiruv boshlagan. O‘quvchilarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza, o‘qituvchiga nisbatan sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Avvalroq, tergovga qadar tekshiruv Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
16:26 / 16.10.2024