O‘zbekiston | 17:00 / 29.02.2024
25653
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda yangi Kia Sorento’ning sotuvlari boshlandi

2024 yilning 27 fevral kuni Kia’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global  kompaniyalar guruhi yangi o‘rta o‘lchamli Kia Sorento krossoverining O‘zbekiston bozorida sotuvlari boshlangani haqida e’lon qildi.

Foto: Kia

Yangi Kia Sorento O‘zbekistonda to‘liq privodli tizimiga ega to‘rt komplektatsiyalarda taklif etiladi. Avtomobilning narxi versiyaga qarab 586 900 000 dan 724 900 000 so‘mgacha oraliqda farqlanadi.

Yangi dizayn, ilg‘or texnologiyalar va kengaytirilgan xavfsizlik funksiyalari Kia Sorento modelini yanada raqobatbardosh va jozibadorga aylantiradi. U shahar ichra yurishga ham, katta oila yoki kompaniya bilan tabiat qo‘yniga sayohatlar uchun ham mos keladi.

Kia’ning so‘nggi modellarining dizayni “Qarama-qarshiliklar uyg‘unligi” konsepsiyasiga muvofiq bo‘lib, avtomobillarning jihozlanishi ularning hashami va yuqori texnologikligini ta’kidlash uchun mo‘ljallangan. Himoyalovchi qoplamaga ega old bamper avtomobilning yo‘ltanlamas imkoniyatlarini ta’kidlaydi, orqa bamper ham yangilangan bo‘lib, yangi qoplama panelga ega bo‘ldi. “Yulduzlar xaritasi” stilidagi orqa chiroqlar ham yangilangan dizaynga mos. Komplektatsiyasiga ko‘ra, yangi dizaynda ishlangan 18 va 19 dyuymli g‘ildirak disklari taklif etiladi.

Ekstererdagi yangilanishlar tufayli Sorento’ning gabarit uzunligi 5 mm ga oshdi va hozirda 4 815 mm ga teng. Gabarit kengligi va balandligi o‘zgarishlarsiz qoldi – ya’ni 1900 va 1695 mm. Avtomobilning g‘ildirak bazasi - 2815 mm, yo‘l sathdan balandligi 176 mm ga teng.

12 dyuymli displey va qayrilgan ekranli yangi inter’yer yuqori texnologiyalik stilini yaratadi va salonning maydonini kengaytiradi. Markaziy konsol endi bir tugmani bosish orqali multimediya va mikroiqlimni boshqarish imkoniyatiga ega. Shamollatish tizimining diffuzerlari, shuningdek, salonning kengligi vizual effektini yanada oshirish uchun mo‘ljallanga.

O‘rindiqlar yanada qulayroq bo‘ldi. Endi bosh suyagichlarni sozlash imkoniyatlari kengaydi, haydovchi o‘rindig‘ining yostiq va suyanchig‘ida havo kameralariga ega Ergo Motion funksiyasi paydo bo‘ldi. Haydovchi va oldingi yo‘lovchi o‘rindiqlarida endi “Relaksatsiya” funksiyasi mavjud bo‘lib, bu ularga to‘xtash vaqtida dam olish uchun yonbosh holatiga o‘tish imkonini beradi va shu bilan birga oyoqlar uchun tayanch platformasi ham qo‘shildi.

Avtomobil ergonomikasi va boshqaruv algoritmlari takomillashtirilgan zamonaviy multimedia tizimi bilan jihozlangan. Qurilmalar paneli, markaziy displey va mikroiqlim boshqaruvi displeyi grafikasi Kia’ning yangi interfeys uslubini aks ettiradi.

Sorento Smarstream benzinli dvigatellar qatorini saqlab qoldi. O‘zbekistonda u to‘rt silindrli 2,5 litrli dvigatel (180 ot kuchi, 232 N•m) va 3,5 litrli benzinli V6 (272 ot kuchi, 331 N•m) dvigateli, taqsimlanuvchi yonilg‘i purkalishi, 6 yoki 8- pog‘onali avtomatik transmissiya bilan taklif etiladi.

Sorento’ning eng yaxshi tizimlaridan biri - Terrain Mode - o‘zgarishsiz qoldi. U to‘rtinchi avlod to‘liq privodli Sorento’lar uchun turli xil past ulanishli yuzalarda yo‘lsizlikdagi eng yuqori potensialni ta’minlaydi. Haydovchi Mud (loy), Snow (qor) va Sand (qum) rejimlarini tanlashi mumkin bo‘lib, rejimlar dvigatelning aylantiruvchi momentining xarakteristikasini, uning g‘ildiraklar o‘rtasida taqsimlanishini, stabilizatsiyalash tizimi sozlamalarini va uzatmalarni almashtirilish algoritmini avtomatik ravishda sozlaydi.

Yangi Sorento’ning podveskasi yaxshilanib, bu avtomobilni yanada qulayroq qilib, shovqin darajasini pasaytiradi. Old ramka ostining orqa qismida mahkamlanish gidravlik vtulkalardan foydalanilgan, xuddi shunday yechim orqa ko‘ndalang balkaning mahkamlanishida ham qo‘llanilgan. Rul boshqaruvi S-MDPS sxemasi, rulning oxiridan oxirigacha aylanmalarining 13,72 va 2,62 uzatmali nisbatida amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘rta o‘lchamdagi krossover uchun minimal burilish radiusini, atigi 5,78 m ta’minlaydi.

Yangi Sorento zamonaviy ADAS xavfsizlik tizimlari to‘plamini taklif etadi, jumladan to‘satdan sekinlashuv haqida ogohlantirish va avtomatik tormozlanish orqali frontal to‘qnashuvlarning oldini oladigan FCA tizimini. Ushbu tizim chorrahalarni kesib o‘tishda, chapga burilishda ishlaydi va to‘qnashuv xavfini kamaytiradi. Yangi Sorento SEA tizimiga ega bo‘lib, u orqadagi transport vositalarini aniqlash va avtomobildan chiqishni boshlagan yo‘lovchilarni ogohlantirish uchun orqa yon radarlardan foydalanadi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgani avtomobil o‘tib ketmagunga qadar elektron bolalar xavfsizligi qulfini faollashtiradi.

Avtomobil bilan ko‘rinmas zona tomonidan to‘qnashuvni oldini olish bo‘yicha avtomatik assistant (BCA) yo‘l bo‘lagini o‘zgartirish paytida to‘qnashuvlarning oldini olishga yordam beradi. Intellektual Kruiz nazorati (SCC) masofa va tezlikni saqlaydi, shu jumladan avtomatik to‘xtash va harakatni qayta boshlashni ishga tushiradi. Uzoq yoritilishni boshqarish assistenti (HBA) yorug‘likni atrofdagi sharoitga qarab avtomatik ravishda sozlaydi.

Yangi Sorento yo‘l bo‘lagida harakatlanish bo‘yicha assistent (LFA) bilan, parkovkadan ort bilan yurib chiqishda yondan to‘qnashuvni oldini olish assistenti (RCCA) va parkovkadan orqa bilan yurib chiqishda to‘qnashuvni oldini olish assistenti (PCA) bilan jihozlangan.

Yangilangan Kia Sorento’ning batafsil tavsiflari va xususiyatlarini rasmiy dilerlik markazlaridan yoki (+998) 55−500−83−33 telefon liniyasi va kompaniya saytida orqali bilish mumkin.

Sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook
 

Mavzuga oid