Jahon | 16:29 / 29.02.2024
14406
5 daqiqa o‘qiladi

Putinni «qidiruv»ga bergan ukrainlar va Belgorodda evakuatsiya mashg‘ulotlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 735-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Dnestrbo‘yidagi qurultoyda ishtirok etgan deputatlar «Moldova bosimi kuchayayotgani» tufayli Rossiyadan «yordam» so‘radi.
  • Financial Times Ukrainada g‘arbning maxsus topshiriqli jangchilari bo‘linmasi mavjudligini xabar qildi. Bild ma’lumotiga ko‘ra, g‘arblik harbiylar yuqori texnologiyali qurollarni dasturlashda yordam ko‘rsatmoqda.
  • Telegram-kanallar Ukraina qurolli kuchlari 27 fevral kuni HIMARS orqali Donetsk oblastidagi Olenivka posyolkasida mukofotlash tadbiriga yig‘ilgan harbiylar ustiga zarba bergani haqida xabar tarqatdi. Kamida 19 kishi halok bo‘lib, 12 kishi yaralangan, halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida zobitlar, jumladan bo‘linma komandiri va komandir o‘rinbosari ham bor.
  • Rossiyadagi «taqiqlangan artistlar» ro‘yxatida bo‘lgan «Komsomolsk» guruhi okkupatsiya ostidagi Melitopol shahrida konsert berdi.
  • Kupyanskom rayone Xarkiv oblasti Kupyansk rayonidagi temiryo‘lga zarba yo‘llanishi oqibatida bir kishi va olti yoshli qiz halok bo‘ldi.
  • Sochida oq-ko‘k-oq rangli bayroq ilova qilingan post tufayli chang‘i uchish bo‘yicha ikki karra Rossiya chempioni Nikolay Zimirev hibsga olindi.

Belgorodda evakuatsiya bo‘yicha mashg‘ulot 

Belgorod aholisi va o‘z o‘zini mudofaa qilish otryadi ko‘ngillilari o‘quv evakuatsiyasida ishtirok etmoqda: bu Ukraina tomonidan zarba berilayotgan vaqtdagi favqulodda vaziyatda qanday harakatlanishni nazarda tutadi
AFP / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy Belgoroddagi turar joy hovlisida o‘quv trevogasi vaqtida
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari jangchilari

Ukrainaning «Xolodniy Yar» 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi zenitchilari Donetsk oblasti Baxmut yo‘nalishidagi pozitsiyalariga ketmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
93-alohida mexanizatsiyalashgan brigada zenitchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut yo‘nalishidagi zenitchilar raqib dronini o‘qqa tutmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Front bo‘yidagi Orixiv shahri hayoti

Orixiv — Zaporijjyadan taxminan 60 kilometr janubi-sharqda va okkupatsiya ostidagi Tokmakdan kamida 40 kilometr shimolda joylashgan shahar. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, Orixivning 95 foiz qismi vayron bo‘lgan. Orixiv uchun faol harbiy harakatlar 2022 yil bahorida boshlangandi — o‘shanda ukrain armiyasi shaharni saqlab qololgan va uni front chizig‘idan 10 kilometr masofadagi muhim logistik markazga aylantirgandi. 2024 yil fevralida Ukraina QK Rossiya qo‘shini Orixiv yo‘nalishida kuch to‘playotgani va shaharga yurish qilishga hozirlanayotgani haqida xabar bergan.

Orixivga kirish joyida snaryadlar zarbasiga uchragan shahar nomi yozilgan belgi
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi front chizig‘i yaqinidagi Orixiv shahrida vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uy
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Politsiya xodimi Orixivda shikastlangan xususiy uy atrofida ishlamoqda
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Orixivda yashovchi 64 yoshli Svetlana o‘zining shikastlangan uyi yerto‘lasida. Urushga qadar shahar aholisi soni 15 ming kishi bo‘lgan. 2023 yil kuziga kelib ularning aksar qismi evakuatsiya qilingandi, Orixivda 700 nafar atrofidagi aholi qolgan.
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina xavfsizlik xizmati qidiruvida bo‘lgan gumonlanuvchilar doskasi. Unda — Vladimir Putin hamda Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Yevgeniy Balitskiyning oriyentirovkalari aks etgan
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid