O‘zbekiston | 08:32 / 01.03.2024
7003
2 daqiqa o‘qiladi

Uch hududda «valyutchiklar» ushlandi

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida valuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, departamenting Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.Y. jami 4 ming dollarni fuqaro B.D.ga 50 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda IIVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.R. jami 4 ming dollarni fuqaro M.D.ga 49,7 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.N. jami 3,6 ming dollarni fuqaro O.A.ga 44,9 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.S. jami 3,5 ming dollarni fuqaro H.I.dan 43,5 million so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid