O‘zbekiston | 08:12 / 01.03.2024
3039
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvarda 4 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanildi 

Yanvar oyida qariyb 4 trillion so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. 

2024 yilning yanvar oyida 87 673 ta tashkilot umumiy qiymati 4 trillion so‘mga yaqin miqdordagi soliq imtiyozlaridan foydalangan

Shu bilan birga:

  • 1 512  ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 1,5 trillion so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
  • 2 787 ta korxona 2,3 trillion so‘m miqdorida QQS nol stavkasini qo‘llagan. 

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS - 1,3 trillion so‘m;
  • yer solig‘i - 1,6 trillion so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 750,9 milliard so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 173,1 milliard so‘m;
  • JShODS - 64,3 milliard so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 19,8 milliard so‘m. 
  • AOS - 8,4 milliard so‘m.

Mavzuga oid