Namanganda Telegram orqali o‘zgalar pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
U Telegram’dagi turli postlar ostiga yolg‘on havolalar joylab, ular orqali fuqarolarnining bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirgan.
Namangan viloyatida fuqarolarga Telegram orqali soxta havola yuborib, ularning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi, 26 yoshli J.A. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan noma’lum shaxs 11,5 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan yechib olganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi, 24 yoshli B.J. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, B.J. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmundagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.J.ning sodir etilib fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
11:35 / 06.11.2024
18 yoshli xavfli retsidivist: Namanganda mashina olib qochgan o‘smir ozodlikdan mahrum qilindi
17:26 / 04.11.2024
Namanganda aholiga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 13 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
21:36 / 03.11.2024