O‘zbekiston | 12:18 / 05.03.2024
9200
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
Toshkent viloyatida episentri Bo‘stonliq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.
5 mart kuni soat 11:52 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng. Chuqurlik — 15 km. Episentr esa Toshkentdan 96 km janubi-sharqda joylashgan.
Yer qimirlashi sezilish kuchi 2 ballni tashkil etgan.
Bu mart oyida O‘zbekiston hududlarida yuz bergan uchinchi zilzila hisoblanadi. 1 mart kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yer qimirlagandi.
Mavzuga oid
21:15
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
08:30 / 04.11.2024