O‘zbekiston | 07:46 / 06.03.2024
6173
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.T.” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasi bosh energetigi A.Q. va boshqalar paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid