Eron O‘zbekiston bilan elektr energiyasi almashinuvidan manfaatdorligini ma’lum qildi
Buning uchun mamlakat zarur zamin tayyorlab qo‘ygan.
Eron energetika vaziri Ali-Akbar Mehrobiyon Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan elektr energiyasi almashinuvi uchun zarur zamin tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qildi.
Mehrobiyon 4 mart kuni Tehronda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvda Eron hozir ko‘pchilik qo‘shnilari bilan elektr energiyasi almashayotganini aytdi. U Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida energiya almashinuvi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.
U Eronning vakolatli kompaniyalari O‘zbekiston bilan elektrotexnika loyihalarini amalga oshirish, elektr detallari va uskunalarini eksport qilish, energetika uskunalari va elektr jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Ikki davlat prezidentlari muzokaralaridan so‘ng tomonlar iqtisodiy, siyosiy, madaniy va tarixiy aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar, dedi u.
Ikki davlat o‘zaro munosabatlarni barcha sohalarda kengaytirish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlab, Eron va O‘zbekiston issiqlik va gidroelektr stansiyalarini qurish, texnik xizmatlar eksporti va hokazolarda hamkorlik qilishi mumkinligini aytdi.
O‘zbekiston energetika vaziri, o‘z navbatida, Eron mintaqadagi elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha yetakchi 5 davlat qatoridan joy olishini ta’kidlab, Eron bilan barcha sohalarda aloqalar mustahkamlanishiga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:15
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:37 / 19.09.2024
Jo‘rabek Mirzamahmudov: “Halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi”
21:34 / 18.09.2024