Jahon | 15:33 / 08.03.2024
7599
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi tufayli Slovakiya bilan uchrashuvlarni to‘xtatdi

Avvalroq Slovakiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan yopiq uchrashuv o‘tkazib, Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam berishdan bosh tortishini ma’lum qilgandi. Pragada bu uchrashuv «muammoli» deb ataldi.

Foto: Reuters

Chexiya hukumati yaqin oylarda Slovakiya vazirlar mahkamasi bilan qo‘shma yig‘ilishlarni to‘xtatmoqda. Bu haqda 6 mart kuni kechqurun Chexiya vazirlar mahkamasi ma’lum qildi. «Ba’zi juda muhim masalalarda kelishmovchiliklar borligini yashirib bo‘lmaydi», dedi Chexiya bosh vaziri Petr Fiala. Shuningdek, u Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida mart oyi boshida Antaliyada bo‘lib o‘tgan yopiq uchrashuvni «muammoli» deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.

Bunga javoban Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Chexiya rasmiylarining qarorini tanqid qildi. «Biz slovaklar va chexlar o‘rtasidagi munosabatlarga tahdid uyg‘otadigan yoki chex-slovaklarning birgalikda yashashiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan boshqa sabablar tufayli xavf kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi u 7 mart, payshanba kuni CTK Chexiya axborot agentligiga.

Slovakiya va Chexiya 1993 yilgacha yagona davlat edi. 2012 yildan buyon ikki davlat hukumatlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. 

Robert Fitsoning Ukrainaga qarshi kursi 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Slovakiya hukumati Kiyevga katta miqdorda gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatdi. Rossiyaparast nomzod Robert Fitsoning populistik partiyasi 2023 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Slovakiya tashqi siyosati keskin o‘zgardi. Bosh vazir lavozimiga kirishganidan ikki kun o‘tib Fitso Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatganini e’lon qildi. 

Mavzuga oid