O‘zbekiston | 13:29 / 08.03.2024
6219
1 daqiqa o‘qiladi

Transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi

Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin. 

Sotuvchi E-notarius.uz  axborot portalida «Notarial harakatni rasmiylashtirish»ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

Sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi. Sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;

Sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi. 

Avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi. Notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
 
Belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida video-konferens-aloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi. Bitimning asl nusxalari taraflarga kurerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Mavzuga oid