Jahon | 14:20 / 09.03.2024
6057
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh Respublikachilar partiyasi ustidan nazoratni kuchaytirdi

Trampning kelini Lara va sobiq prezident eng yaqin safdoshi Respublikachilar milliy qo‘mitasida muhim lavozimlarni egalladi. Boshqa narsalar qatori, ushbu qo‘mita saylov strategiyasini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir.

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Uning kelini Lara va eng yaqin safdoshlaridan biri Maykl Uetli 8 mart, juma kuni saylov kampaniyasi strategiyasini muvofiqlashtirish, xayriya yig‘ish, anjuman o‘tkazish va prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasida (NRC) muhim lavozimlarni egalladi.

Xyustonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Uetli NRC yangi raisi, Tramp o‘g‘li Erikning rafiqasi - Lara Tramp - uning o‘rinbosari etib saylandi. Shimoliy Karolina respublikachilari rahbari Maykl Uetli Trampning demokrat Jo Bayden 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida firibgarlik yo‘li bilan g‘alaba qozonganligi haqidagi da’vosini qo‘llab-quvvatlaydi. 

77 yoshli Donald Tramp NRC rahbariyatini o‘zgartirishga intilib kelayotgandi va Respublikachilar partiyasining birlamchi saylovlarida erishgan qator g‘alabalari bilan o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Trampning bir necha haftalik ochiq bosimidan so‘ng, NRC sobiq raisi Ronna Makdeniyel fevral oyi oxirida o‘z lavozimini tark etdi. 

Mavzuga oid