Xitoy provinsiyasidan murakkab vaziyatga tushgan 6 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
O‘zbekiston diplomatlari va Xitoyning Yunnan provinsiyasi Tashqi ishlar departamenti vakillari o‘zaro konsullik xizmatlarini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari va Yunnan provinsiyasi Tashqi ishlar departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tadbirda Departament direktorining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U Vensze va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida barcha sohalarda tomonlar o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, konsullik-huquqiy sohadagi aloqalarni kuchaytirish, xususan, fuqarolarning madaniy almashinuv va o‘zaro sayohatlarini faollashtirish uchun konsullik xizmatlarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy tomoniga 2021 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda xitoyliklar uchun 10 kungacha vizasiz rejim mavjudligi va mamlakatga sayyohlik maqsadida keluvchi 55 yoshga to‘lgan Xitoy fuqarolari 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda vizasiz bo‘lish huquqiga ega ekanligi ma’lum qilindi.
Yunnan Tashqi ishlar departamenti va mazkur provinsiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik natijasida 2023–2024 yillarda murakkab hayotiy vaziyatga tushgan 6 nafar vatandoshga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha sohalarda samarali hamkorlik jadallashtirish, mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida muntazam muloqot o‘tkazish amaliyotini davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldi.
Mavzuga oid
17:32
Xitoyda yangi oila qurish holatlari rekord darajada kamayib ketdi
13:29
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
10:58
Xitoyda 158 km magistral yo‘l dronlar yordamida qurildi
17:18 / 05.11.2024