Gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida bir kunda qancha gaz sotilgani aytildi
11 mart kuni mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 18 ta nosozlik bartaraf qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Respublika iste’molchilariga 208,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz ko‘p elektr energiyasi, 143,6 mln kubometr, rejadagiga nisbatan 7 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berildi.
Mamlakatdagi 1 ming 343 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13 million 378 ming kubometr tabiiy gaz sotildi. Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali iste’molchilarga 810 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.
11 mart kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4 ming 50 tonna avtobenzin yetkazib berildi. Birja savdolariga avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun 8 ming 470 tonna avtobenzin, 1 ming 296 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 5 ming 574 tonna avtobenzin hamda 1 ming 52 tonna dizel yonilg‘isi sotildi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
10:50 / 29.10.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
16:23 / 28.10.2024