O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi
Kobulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Afg‘oniston muzokaralarida iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahriga tashrifi davomida kecha Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
"Kobulga tashrifimiz chog‘ida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund janobi oliylari, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy janobi oliylari, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar janobi oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janobi oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy janobi oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy janobi oliylari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik", — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
"Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy an’analarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlar mavjud", deb yozadi Baxtiyor Saidov.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10 mart kuni tashrif bilan Doha shahriga bordi hamda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024