Dollar kursi 12600 so‘mdan oshdi
Tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotuv kursi 12 610 so‘mgacha ko‘tarildi.
Bugun, 14 mart kuni tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotuv kursi 12545–12610 so‘m, sotib olish kursi 12485–12520 so‘mni tashkil qilmoqda.
Joriy yilning boshidan beri milliy valuta birinchi raqamli xalqaro valutaga nisbatan 1,62 foizga o‘z qadrini yo‘qotgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yil davomida 9,7 foizni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Markaziy banki 14 martdan boshlab 1 AQSh dollarining milliy valutaga nisbatan qiymatini 12 546,02 so‘m (+12,01 so‘m) deb belgilagan.
Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024