Buxoro viloyati IIBning ikki nafar ofitser xodimi qo‘lga olindi
Ular giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida ushlangan.
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda ichki ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 mart kuni ushbu ikki xodim giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
11:36 / 04.11.2024
Toshkent shahar IIBB xodimlariga 8 ta BYD va 15 ta Damas berildi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024