Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirilgan shaxs aniqlandi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 52 yoshli T.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 6 200 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Ohangaron tumanida yashovchi 48 yoshli A.X. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, A.X. bilan "Instagram" ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 6 200 000 miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi "v" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "v" qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
10:59 / 04.11.2024
Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketdi
18:37 / 24.09.2024
Toshkent viloyatida 9 kishining nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15:00 / 07.09.2024