Buxorodagi YTH qurbonlari soni ortdi
Kogon tumanida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus chorrahada yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan yana bir o‘quvchi qiz vafot etdi. U shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgandi.
18 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hududida avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi.
Hodisa yuzasidan berilgan ilk xabarlarda maktab o‘quvchilari Buxoro shahridagi teatrga olib ketilayotgan avtobusda bo‘lgan o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgani, yana biri shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, 19 mart kuni Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining yana bir o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi Iroda Oripova bilan bog‘landi. Boshqarma matbuot kotibi o‘quvchi qiz vafot etganidan xabari yo‘qligi, kun davomida boshqa tadbirlarda bo‘lgani, biroq boshqarma mas’ullari shifoxonaga borib-kelib turishganini ma’lum qildi.
«Yangi O‘zbekiston» nashri YTH oqibatida 1991 yilda tug‘ilgan avtobus haydovchisi O.Sh. shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan.
Hodisa oqibatida avtobusda bo‘lgan yana 25 nafar o‘quvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgandi.
UPD: IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati YTH natijasida avtobus haydovchisi ham shifoxonada vafot etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Mavzuga oid
11:26 / 07.08.2024
90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024