Jamiyat | 10:30 / 20.03.2024
45242
1 daqiqa o‘qiladi

Olim Hojisharipov vafot etdi

U «Gap yo‘q» hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi sifatida tanilgandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Boshlovchi va aktyor Olim Hojisharipov 58 yoshda vafot etdi. Bu haqda telejurnalist va aktyor Husniddin Ergashev feysbukdagi sahifasida xabar qilgan.

«Beshavqat o‘lim qadrdon akamizni oramizdan olib ketdi. Uzoq yillar davomida sermahsul ishladik. Takrorlanmas rollaringiz va samimiyligingiz xotiramizda saqlanib qoladi», deyiladi nekrologda.

Aktyor va boshlovchi Anvar Salimov ham feysbuk sahifasida davomli postlar orqali marhum do‘stini xotirlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Olim Hojisharipov bir necha yillardan beri saraton bilan kurashib kelgan. 

Olim Hojisharipov 2000-yillarda telekanallar orqali  namoyish etilib, tomoshabinlar mehrini qozongan «Gap yo‘q. Maslahat» ko‘rsatuvida boshlovchi edi. Undan tashqari, qator filmlarda rollar ijro etgan.