O‘zbekiston | 13:22 / 23.03.2024
66104
4 daqiqa o‘qiladi

Kelasi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Kelgusi hafta boshida harorat 30 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 19–21 fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 25-26 mart kunlari ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 5–10, kunduzi 20-25 darajada iliq, 26 martda kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq, 27 martda kechasi 5-10, kunduzi 15-20 darajada iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25-26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 9-14, kunduzi 23-28 daraja iliq, 26 martda kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26 martda kechasi 8-13, iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26 martda kechasi 8-13, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq, 26 martda kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq, 27 martda kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25 martda kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26-27 martda kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-26 martda 12-17 daraja, 27 martda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid