O‘zbekiston | 15:52 / 26.03.2024
13918
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning ikki hududida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi 

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi, deb xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tataristondagi “Tagras xolding”, Boshqirdistondagi “Xotkovskiy avtomost”, “BioTexTuguzli”, Sankt-Peterburgdagi “Shadaksstroy” va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Perm va Blagoveshensk shahrida qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga moddiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi. 

Shuningdek, Boshqirdiston davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan Navro‘z bayrami tadbiri tashkil etildi.

Mavzuga oid