Trampning ijtimoiy tarmog‘i narxi birja savdolarida 9 mlrd dollarga yetdi
NASDAQ birjasi savdolarining birinchi kunida Tramp kompaniyasining qiymati 9 milliard dollarga yetdi. Uning ulushi 4,6 milliardga baholangan.
Donald Trampning Truth Social deb nomlangan ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Trump Media & Technology kompaniyasining birjadagi qiymati savdo birinchi kunida bir yarim baravar oshib, to‘qqiz milliard dollarga yetdi, deb xabar berdi Reuters 26 mart kuni.
Trampning kompaniyadagi ulushi (58 foiz) 4,6 milliard dollarga baholanmoqda, deb yozadi Financial Times. NASDAQ birjasidagi savdolarning birinchi kunida kompaniya narxi har bir aksiya uchun 49,95 dollardan 79,38 dollargacha ko‘tarildi, yopilishda esa 57,99 dollarni tashkil etdi. Savdo shunchalik o‘zgaruvchan ediki, u bir necha daqiqaga to‘xtatildi, deb ta’kidlaydi FT.
«Buni biznes istiqbollari ko‘rsatkichi sifatida emas, balki Tramp tarafdorlari orasida ishtiyoq belgisi sifatida ko‘rish kerak», — deya Reuters agentligi Great Hill Capital tahlilchisi Tomas Xeysning so‘zlaridan iqtibos keltirdi. Kelishuvga ko‘ra, Trampga olti oy davomida o‘z ulushini sotishga ruxsat berilmaydi, deb eslatgan FT.
Truth Social’ning yaratilishi va birjaga chiqish
2021 yil 6 yanvarda Vashingtondagi Kapitoliyga bostirib kirish yuz berganidan so‘ng Trampga yirik ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bloklab qo‘yildi hamda u yirik texnologiya kompaniyalari «zulmi»ga qarshi kurash sifatida o‘z platformasini yaratishini e’lon qildi. Tramp Truth Social’ni Facebook, Twitter va YouTube’ga muqobil deb biladi.
Kompaniyaning birjaga chiqishi 22 mart, juma kuni, aksiyadorlar AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC) tomonidan yashil chiroq yonganidan keyin uni ma’qullaganidan so‘ng mumkin bo‘ldi. Joylashtirish birjada haqiqiy biznesga ega bo‘lgan yirik kompaniyani ro‘yxatga olish uchun maxsus yaratilgan «qo‘g‘irchoq» kompaniya (Special purchase acquisition company, SPAC) bilan birlashish orqali amalga oshirildi.
Mavzuga oid
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
09:53
Grenlandiya bosh vaziri Trampning orolni AQShga sotish g‘oyasini rad etdi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
17:01 / 23.12.2024