O‘zbekiston | 11:29 / 02.04.2024
12697
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Husan To‘xtayev viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Viloyat hokimining Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, hokim Erkin Turdimovning qarori bilan Husan To‘xtayev yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimida ish boshladi.

Husan To‘xtayev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Xurshid Ochilov Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid