O‘zbekiston | 13:39 / 04.04.2024
2541
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston laboratoriyasi Xalqaro atom vaqti guruhiga to‘la huquqli a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota laboratoriyasi Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga to‘la huquqli a’zo bo‘ldi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, 2024 yil mart holatiga, BIPM TAI’da 69 ta davlatdan 90 ta laboratoriya a’zo sifatida Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni shakllantirishda ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota laboratoriyasi BIPM TAI’ning 90-a’zosi bo‘ldi.

Shuningdek, laboratoriya BIPM Vaqt va chastota maslahat qo‘mitasi (CCTF) tomonidan doimiy ravishda olib boriladigan CCTF-K001. UTC asosiy solishtirishda ishtirok eta boshladi.

Bu O‘zbekiston milliy metrologiya institutida hosil qilingan Vaqt va chastota etaloni hamda Vaqt va chastota laboratoriyasidagi mavjud namunaviy o‘lchash vositalari metrologik kuzatuvchanligini Xalqaro birliklar tizimi (SI)gacha ta’minlash imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid