O‘zbekiston Polsha bilan shamol energiyasi sohasida hamkorlik qilmoqchi
Varshavada O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston diplomatlari Polsha Sanoatni rivojlantirish agentligining Tahlil va strategiya departamenti direktori Konrad Shelong bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Polsha tomoniga joriy yilning 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida ma’lumot berildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanishi alohida ta’kidlandi. Tomonlar mazkur forumda Polsha Sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyatining ishtirokini tashkil etish xususida fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida shamol energiyasi, sanoat investitsiyalarini moliyalashtirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda an’anaviy tarmoqlarda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakatda joylashgan maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat parklari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida o‘zaro tashriflarni tashkil etish, grant va moliyaviy-texnik ko‘maklarni jalb qilish va boshqalar to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:14 / 09.11.2024
Polsha: RF maxsus xizmatlari AQShga reyslarda portlashlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin
23:43 / 05.11.2024
Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
23:56 / 04.11.2024
Polshada radiostansiya jurnalistlarni ishdan bo‘shatib, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tdi. Bu jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi
14:50 / 04.11.2024