Lufthansa Yaqin Sharqqa parvozlarni to‘xtatyapti
Eronning Isroilga hujumi ortidan Germaniyaning flagman aviatashuvchisi Tel-Aviv, Iroqning Erbil va Iordaniya poytaxti Ammanga bir necha kun uchmaydi. Bayrut va Tehronga parvozlar bekor qilindi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 14 aprel, yakshanba kuni Tel-Aviv, Iroqning Erbil va Iordaniya poytaxti Ammanga parvozlarini 16 aprel, seshanba kuniga qadar to‘xtatganini ma’lum qildi. Isroil, Iordaniya va Iroq ustidagi havo hududi ochiqligicha qolmoqda. Lufthansa kamida 18 aprelgacha Bayrut va Tehronga uchmaydi.
Germaniyaning flagman aviatashuvchisi, shuningdek, Shveytsariya va Avstriya aviakompaniyalarini o‘z ichiga olgan guruh o‘z bayonotida Yaqin Sharqdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni doimiy ravishda baholayotganini va rasmiylar bilan yaqin aloqada ekanligini bildirdi.
Ikki kun oldin kompaniya Tehronga va undan 18 aprelgacha reyslarni to‘xtatib turishini va bu vaqt ichida Eron havo hududidan foydalanmasligini e’lon qilgan edi.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyushtirdi. Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilishga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqchilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat tashqarisida urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Faqat bir nechta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tushib, «kichik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan tashqari, Isroilga hujumlar Yaman husiychilari, shuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan hujum uchun javob qaytarish bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Eronning oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanishini» aytdi.
Mavzuga oid
13:31 / 03.11.2024
AQShdagi saylovlar: Yaqin Sharqdagi urush fonida isroilparast lobbi pullari qayoqqa ketyapti?
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:18 / 29.10.2024
«Eronni yechintirishdi» - sharqshunos nega forslar Isroilga qarshi chiqolmayotgani haqida
18:59 / 26.10.2024